locale OZ

“Liverpul” PSJdan oldin Akliushni qo‘lga kiritmoqchi

24 yoshli vingerning oʻzi ham jamoasini oʻzgarishga qarshi emas.
“Liverpul” PSJdan oldin Akliushni qo‘lga kiritmoqchi
FOTO: Getty Images

“Liverpul” “Monako”ning iqtidorli vingeri Magnes Akliush transferi uchun kurashga qo‘shildi. Sky Sports xabariga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchi bo‘yicha dastlabki aloqalarni o‘rnatib, uni PSJdan oldin o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Avvalroq PSJ “Monako”ga 40 million yevro miqdorida taklif yuborgan, biroq bu taklif rad etilgan. Shunga qaramay, parijliklar futbolchi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga yaqin ekani aytilmoqda.

24 yoshli fransiyalik vingerning o‘zi ham yozda klubini almashtirish niyatida ekanini yashirmagan. Endilikda “Liverpul”ning qiziqishi transfer uchun raqobatni yanada kuchaytirishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting