«Liverpul» PSJdan 18 yoshli iqtidorni sotib olishi mumkin — manba
O‘yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” PSJning 18 yoshli qanot hujumchisi Ibrohim Mbayeni qo‘lga kiritish uchun kurashda yetakchilik qilmoqda. Senegallik vinger kelasi yozda Fransiya grandini tark etishi mumkin, chunki u o‘yin vaqtining kamligidan norozi. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Mbayega “Manchester Siti”, “Vest Hem Yunayted” va “Brayton” ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Mbaye barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi. O‘yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 mln yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist