locale OZ

“Liverpul” PSJ yulduzi bilan shartnoma imzolamoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” PSJ yulduzi bilan shartnoma imzolamoqchi
FOTO: Getty Images

Angliyaning “Liverpul” klubi PSJ'ning 22 yoshli hujumchisi Bredli Barkolya bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, mersisaydliklar fransiyalik futbolchini sotib olish uchun “Bavariya” bilan raqobatlashishga tayyor. Ta'kidlanishicha, parijliklar vingerni 100 million funtga baholagan.

Ma'lumot uchun, Barkolya o'tgan mavsum barcha turnirlarda 58 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting