locale OZ

“Liverpul” Nik Voltemade transferiga qiziqish bildirmoqda

Nemis hujumchisi 2025-yilning yozida “Shtutgart”dan “Nyukasl”ga 75 million yevro evaziga o‘tgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” Nik Voltemade transferiga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

“Liverpul” “Nyukasl” hamda Germaniya terma jamoasi hujumchisi Nik Voltemadeni yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

CaughtOffside xabariga ko‘ra, mersisaydliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlarini o‘rganmoqda va 24 yoshli futbolchining salohiyatini yuqori baholamoqda. Voltemadening o‘zi ham, “Nyukasl” rahbariyati ham barcha tomonlarni qoniqtiradigan taklif tushsa, transferga qarshi emas.

Nemis hujumchisi 2025-yilning yozida “Shtutgart”dan “Nyukasl”ga 75 million yevro evaziga o‘tgan edi. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 51 ta uchrashuv o‘tkazib, 11 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi.

Transfermarkt portali Voltemadening ayni paytdagi qiymatini 55 million yevroga baholamoqda. Hozircha “Liverpul” va “Nyukasl” o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlangani haqida ma’lumot yo‘q.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting