locale OZ

«Liverpul» nega Yurgen Kloppni ortga qaytarmoqchi emasligi maʼlum boʻldi

Hozirda mersisaydliklar APL turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» nega Yurgen Kloppni ortga qaytarmoqchi emasligi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

The Telegraphning yozishicha, «Liverpul» hozirgi qiyin vaziyatga qaramay, nemis mutaxassisi Yurgen Kloppni qaytarib olib kelishi juda ehtimoldan yiroq. Mersisaydliklar mavsum boshidan buyon Arne Slot boshchiligida barqaror o‘yin namoyish eta olmayapti, biroq klub rahbariyati murabbiy almashinuvi masalasiga shoshilmayapti.

Manbaga ko‘ra, Kloppning potentsial qaytishiga bir nechta omillar to‘sqinlik qilmoqda. Avvalo, u bilan klub rahbariyati — xususan, Maykl Edvards va Julian Uord o‘rtasidagi ayrim kelishmovchiliklar hali ham dolzarbligicha qolgan.

Shuningdek, «qizillar» rahbarlari futbolchi va murabbiylar faoliyatida tushkun davrlar bo‘lishini, bu esa Slotga ishonchni saqlab qolish uchun asos bo‘lishi mumkinligini tushunib turibdi. Bundan tashqari, klub 2024 yil yozida niderlandiyalik mutaxassisni «Feyenoord»dan olib kelish uchun 8 million yevro to‘laganini ham inobatga olmoqda.

Yana bir muhim jihat — Klopp hozircha murabbiylik faoliyatiga qaytmagan bo‘lsa-da, «RB Leyptsig»da xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor lavozimida ishlab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp «Liverpul»ni 2015 yildan 2024 yilgacha boshqargan. Angliya chempionatining joriy mavsumidagi 12 turdan keyin mersisaydliklar 18 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting