“Liverpul” murabbiyi Aleksandr-Arnoldning kelajagi haqida gapirdi
FOTO: Getty Images
“Liverpul” bosh murabbiyi Anre Slot jamoa himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldning kelajagi haqida gapirdi.
“Afsuski, Trent jarohat oldi. U tuzalib ketishi kerak va biz unga bu borada yordam berishga harakat qilyapmiz.
Uning kelajagi haqidagi savolga kelsak, bu holat meni bezovta qilmaydi. Bu sakkiz-to'qqiz oydan beri davom etmoqda va shu vaqt ichida u juda yaxshi natija ko'rsatdi. Xuddi shartnomasi tugaydigan boshqa futbolchilar kabi”, - deydi Slot.
Ma'lumot uchun, Aleksandr-Arnoldning mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist