“Liverpul” Milosh Kerkez transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images
“Liverpul” “Bornmut” bilan 21 yoshli chap qanot himoyachisi Milosh Kerkez transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, mersisaydliklar vengriyalik futbolchi uchun 40 million funt sterling to'laydi. Kelishuv hozirda yakuniy bosqichda.
Kelasi haftada Kerkez tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda, shundan so'ng u “Liverpul” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Ma'lumot uchun, Kerkez o'tgan mavsum barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist