«Liverpul» Mbappening transferi uchun 250 mln yevro sarflashga tayyor
Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 200 million yevro deb baholamoqda.
Фото: Getty Images
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappening Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Teamtalk nashri jurnalist Fransua Gallyardoga tayanib xabar berishicha, fransiyalik futbolchini «Liverpul» o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor.
Potensial transfer qiymati 200–250 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Ta’kidlanishicha, Mbappeni qo‘lga kiritishdan APLning bir nechta klublari manfaatdor, ammo Kilianing o‘zi «Enfild»ga ko‘chib o‘tishni afzal ko‘rmoqda.
27 yoshli hujumchi 2024 yil yozida «PSJ»dan «qirollik» klubiga ko‘chib o‘tgan. Kilianning «qaymoqranglilar» bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 200 million yevro deb baholamoqda.