locale OZ

«Liverpul» mavsumoldi safar oʻyinida «Reksem» bilan oʻynaydi

Ushbu klub Gollivud aktyori Rayan Reynoldsga tegishli hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» mavsumoldi safar oʻyinida «Reksem» bilan oʻynaydi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Liverpul» klubi yozgi mavsumoldi tayyorgarlik safari doirasida AQSHda Gollivud aktyori Rayan Reynoldsga tegishli bo'lgan «Reksem» jamoasi bilan uchrashuv o'tkazadi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Shuningdek mersisaydliklarning AQSHdagi rejasidan «Lids Yunayted» va «Sanderlend» jamoalariga qarshi o'yinlar ham o'rin olgan. «Reksem» bilan bahs «Nyu-York Yankis» beysbol jamoasining uy stadionida bo'lib o'tishi kutilmoqda.

7 mart kuni «Reksem» Angliya Kubogi nimchorak finalida Londonning «Chelsi» klubi bilan kuch sinashadi. Hozirgi vaqtda Chempionshipning 35 turidan so'ng «Reksem» 57 ochko bilan jadvalda oltinchi o'rinni egallab turibdi.

«Liverpul» esa APL turnir jadvalida 29 o'yindan keyin 48 ochko bilan beshinchi pog'onada bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting