\"Liverpul\" Mark Gehi transferini yakunlashga yaqin turibdi
Photo: Getty Images
Angliya terma jamoasi va “Kristal Pelas” himoyachisi Mark Gehi boshqa ingliz klubiga o‘tishi mumkin.
Daily Mail xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining transferiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.
Jarrell Kuansa "Bayer"ga ketganidan so‘ng, mersisaydliklar yangi himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Ibrohima Konate ham jamoani tark etishi mumkin. Gehining transfer bahosi 35 million yevroni tashkil etmoqda.
Futbolchining “burgutlar” bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. O‘tgan mavsumda Mark jamoaning 44 ta o‘yinida qatnashib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor