locale OZ

«Liverpul» Manega qiziqib qoldi

Transfermarkt portalining mutaxassislari Manening qiymatini 250 ming yevroga baholashmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Manega qiziqib qoldi
ФОТО: Getty images

"Vulverxempton"ning hujumkor yarim himoyachisi Mateus Mane faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "DaveOCKOP" nashri xabar bermoqda.

Mersisaydliklar 18 yoshli iqtidor egasi bilan allaqachon muzokaralar o'tkazishgan. Biroq, Maneni qo'lga kiritish "Liverpul" uchun oson bo'lmaydi, chunki yozda uning uchun Premer-liganing top klublari o'rtasida haqiqiy kurash kutilmoqda.

Shuningdek, Manega "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Mane barcha turnirlarda 31 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 7 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portalining mutaxassislari Manening qiymatini 250 ming yevroga baholashmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting