locale OZ

«Liverpul» magʻlubiyatsiz seriyasini toʻqqizta oʻyinga yetkazdi

Mersisaydliklar soʻnggi bor oʻtgan yilning noyabr oyida yutqazgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» magʻlubiyatsiz seriyasini toʻqqizta oʻyinga yetkazdi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» Angliya Premer-ligasi doirasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini to‘qqizta uchrashuvgacha uzaytirdi. Kecha, 8 yanvar kuni merseysaydliklar APLning 21-turi doirasida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushib, 0:0 hisobidagi durang qayd etdi.

So‘nggi bor «qizillar» Angliya chempionatida 2025 yil noyabr oyining oxirlarida mag‘lub bo‘lgan — o‘shanda «Liverpul» «Nottingem»ga 0:3 hisobida yutqazgandi. Shundan buyon Arne Slot shogirdlari to‘rtta g‘alabani qo‘lga kiritib, beshta uchrashuvni durang bilan yakunladi.

Bugungi holatga ko‘ra, «Liverpul» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda «qizillar» o‘z maydonida «Byornli»ni qabul qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting