locale OZ

«Liverpul» Luka Vushkovich transferi bo‘yicha muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

«Tottenhem» himoyachisi hozirda ijara asosida «Gamburg»da toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Luka Vushkovich transferi bo‘yicha muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda
FOTO: Getty Images

Amaldagi shartnomasi bo‘yicha «Tottenhem»ga tegishli bo‘lgan va hozirda ijara asosida «Gamburg» sharafini himoya qilayotgan himoyachi Luka Vushkovich «Liverpul» qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda Germaniyaning Bild nashri xabar bermoqda.

Mersisaydliklar joriy mavsum yakunlangach, futbolchini sotib olish imkoniyatlarini jiddiy ko‘rib chiqishmoqda. Shuningdek, «Barselona» va «Chelsi» klublari ham o‘yinchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, Vushkovichning transferi ushbu klublarning har biri uchun istiqbolli va uzoq muddatli investitsiya bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanishicha, «qizillar» ushbu bitimni moliyaviy jihatdan amalga oshirishga qodir, biroq hozircha klub rahbariyati tomonidan aniq amaliy qadamlar tashlanishi borasida yakuniy to‘xtamga kelinmagan.

Joriy mavsumda Vushkovich «Gamburg» safida barcha turnirlar doirasida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 19 yoshli himoyachining ayni damdagi bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting