locale OZ

«Liverpul» Livramento uchun kurashga qo‘shildi

«Nyukasl» himoyachining narxini ma’lum qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Livramento uchun kurashga qo‘shildi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» klubi «Nyukasl»ning qanot himoyachisi Valentino Livramentoga qiziqish bildirmoqda. Futbolchi «zag‘izg‘onlar» bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagan, shu sababli joriy yozda uning sotilishi ehtimoli yuqori. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, «Nyukasl» 23 yoshli futbolchining sotuvidan taxminan 70 million funt sterling (80 million yevro) ishlab olmoqchi. Shu bilan birga, ingliz futbolchisi uchun kurashda mersisaydliklarga «Manchester Siti» va «Arsenal» klublari raqobat tug‘dirishi mumkin.

Joriy mavsumda Livramento barcha turnirlarda jami 26 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta samarali uzatmani yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting