locale OZ

«Liverpul» Leoni transferini hal qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Leoni transferini hal qildi
Photo: Getty Images

"Liverpul" Jovanni Leoni transferi borasida "Parma" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, mersisaydliklar 18 yoshli himoyachining transferiga 35 mln yevro sarflaydi. Futbolchi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.

Shuningdek, A Seriya klubi italiyalik futbolchining keyingi transferidan ulush olishadi.

Leoni o'tgan mavsumda "Parma" safida A Seriyada 17 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. U faoliyati davomida "Padova" va "Sampdoriya" klublarida ham o'ynagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting