«Liverpul» Lamin Kamara bo‘yicha muzokaralarni boshladi
«Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamara joriy mavsum oxiriga qadar Fransiya klubida qolishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, senegallik futbolchiga qiziqish bildirayotgan «Liverpul» yanvar oyida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan transfer masalasi bo‘yicha Kamara bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.
Biroq «Monako» futbolchini mavsum oxiriga qadar jamoada olib qolishni rejalashtirmoqda. Fransiya klubi Kamaraning transfer qiymati yaqin kelajakda sezilarli darajada oshishiga ishonmoqda. Shuningdek, uning xizmatlariga qiziquvchi klublar soni ham ko‘payishi kutilmoqda.
22 yoshli Kamara 2026/27-yilgi mavsumda barcha turnirlar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.