locale OZ

«Liverpul» Kyezaning kelajagi borasida qarorini oʻzgartirdi

Bunga futbolchining soʻnggi oʻyinlardagi yorqin harakatlari sabab boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Kyezaning kelajagi borasida qarorini oʻzgartirdi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Liverpul» klubi rahbariyati italiyalik hujumchi Federiko Kyezaning kelajagi borasida dastlabki rejasini oʻzgartirdi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, avvaliga 27 yoshli vinger yanvar oyida klubni tark etib, boshqa jamoada muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻlishi kutilgandi. Biroq hozirda mersisaydliklar uni jamoada saqlab qolish tarafdori boʻlib turibdi. Bunga futbolchining soʻnggi oʻyinlari sabab boʻlmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kyeza 2024 yilning yozidan buyon «Liverpul»da toʻp surmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 6 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Italiyalik vingerning mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning oʻrtalarida yakuniga yetadi. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, Kyezaning bozor qiymati 14 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting