“Liverpul” Konatega o'rinbosar topdi
FOTO: Getty Images
Angliyaning “Liverpul” klubi “Leypsig” markaziy himoyachisi Kasello Lukebani Ibrahima Konatening o'rnini bosuvchi nomzod sifatida ko'rmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Avvalroq Konate 2026-yilning yozida shartnomasi yakunlanganidan so'ng “Real”ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Manbaga ko'ra, mersisaydliklar Lukebani kuzatib bormoqda, biroq ular hali rasmiy muzokaralarni boshlamagan. Futbolchining shartnomasidagi tovon puli 90 million yevroni tashkil qiladi, ammo “Leypsig” uni nisbatan kamroq pulga qo'yib yuborishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Lukeba joriy mavsum barcha turnirlarda 31 ta o'yinda maydonga tushdi, biroq gol ura olmadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist