locale OZ

«Liverpul» Konatega oʻrinbosar sifatida «Byornli» himoyachisini koʻrmoqda — TEAMtalk

Futbolchining klub bilan mehnat shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar moʻljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Konatega oʻrinbosar sifatida «Byornli» himoyachisini koʻrmoqda — TEAMtalk
ФОТО: Getty images

“Liverpul” “Byornli” markaziy himoyachisi Maksim Esteveni Ibraima Konatega oʻrinbosar sifatida koʻrib chiqmoqda. Mersisaydliklarga “Chelsi” va “Kristal Pelas” raqobat tugʻdirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, ayni damda “qizillar” 24 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash boʻyicha aniq qadamlar tashlamagan. “Byornli”da oʻyinchini klubda saqlab qolish qiyin boʻlishini tushunishmoqda.

Oʻtgan mavsumda Esteve barcha musobaqalardagi 36 ta oʻyinda ishtirok etib, samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Futbolchining klub bilan mehnat shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchining bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting