«Liverpul» Konate bo‘yicha «Real»”ning rejalarini barbod qilmoqchi
Konate 2021 yilning yozidan beri mersisaydliklarda to‘p tepib keladi.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” klubi “Real”ning Ibrohima Konate bo‘yicha rejalarini barbod qilmoqchi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 26 yoshli fransiyalik futbolchi bilan kelishuvga erishishga ishonmoqda. Konatening klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
“Liverpul” esa shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishib, “Real”ning rejalarini bekor qilmoqchi.
Madrid klubi esa kelasi yili shartnomasi yakuniga yetadigan futbolchini erkin agent maqomida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Konate 2021 yilning yozidan beri mersisaydliklarda to‘p tepib keladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist