\"Liverpul\" Konate bilan kelisha olmayapti
Unga ko'plab jamoalar qiziqish bildirmoqda.
Фото: Getty Images
"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelisha olmayapti, deb xabar beradi Caught Offside.
Manbaga ko'ra, fransiyalik futbolchi haftasiga 200 ming funt sterling miqdorida maosh talab qilmoqda.
Mersisaydliklar bunday summani to'lashga tayyor emas. Agar Konate bilan yangi mehnat shartnomasi yoz oxirigacha tuzilmasa, Angliya chempioni 26 yoshli himoyachini 50-60 million yevroga sotishga rozi bo'ladi.
Futbolchiga "Al Hilol," "Bavariya," "Real" va "Pari Sen-Jermen" klublari qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsumda Konate barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil yozigacha mo'ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist