“Liverpul” “Komo”ni mag‘lub eta olmadi
“Liverpul” yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Italiyaning “Komo” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bahs davomida jamoalar gol ura olmadi va uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Angliya klubi tarkibida Georgiy Mamardashvili, Aleksis Mak Allister, Federiko Kyeza, Xarvi Elliott va Vataru Endo kabi futbolchilar asosiy tarkibda maydonga tushdi. “Komo” safida esa Alvaro Morata, Maksimo Perrone va Maksans Kakere singari futbolchilar o‘yin boshlanishidan maydonda edi.
Shunga qaramay, ikki jamoa ham uchrashuv davomida raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadi. Natijada mavsumoldi tayyorgarlik uchrashuvi golsiz durang bilan yakunlandi.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” yangi Premyer-liga mavsumidagi ilk rasmiy uchrashuvini 23-avgust kuni safarda “Nyukasl”ga qarshi o‘tkazadi. “Komo” esa A Seriyadagi mavsumini 22-avgust kuni “Udineze”ga qarshi safar bahsi bilan boshlaydi.