«Liverpul» kiyinish xonasida muammolar yuzaga kelgan – manba
"Liverpul" kiyinish xonasida jiddiy muammolar yuzaga kelgani xabar qilinmoqda. Jamoada vaziyat bosh murabbiy Arne Slot ishidan norozilik ortib borayotgani fonida keskinlashgan.
The Touchline ma'lumotiga ko'ra, mersisaydliklar joriy mavsumda barcha musobaqalarda 20 ta mag'lubiyatga uchrab, klub tarixidagi eng yomon natijalardan birini qayd etdi. Bu ko'rsatkich Rafael Benites davridagi (19 mag'lubiyat) antirekorddan ham oshib ketgan.
Manbaga ko'ra, jamoada ayrim futbolchilar murabbiyni almashtirish ancha avval amalga oshirilishi kerak edi, deb hisoblamoqda.
Shu bilan birga, Arne Slot vaziyatni to'g'rilashga ishonayotganini va jamoaning ishonchini qayta qozonishga harakat qilayotgani aytilmoqda. Biroq "Liverpul"dagi bir qator yetakchi futbolchilar niderlandiyalik mutaxassisdan qattiq noroziligini ta'kidlashmoqda.