«Liverpul» ketma-ket toʻrtinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Angliya Premyer-ligasining 28-turidan o‘rin olgan bahsda «Liverpul» «Vest Xem Yunayted» ustidan 5:2 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, mersisaydliklar barcha musobaqalarda ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini rasmiylashtirishdi.
Arne Slot shogirdlarining ushbu muvaffaqiyatli seriyasi Angliya chempionatining 26-turida «Sanderlend» ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) bilan boshlangan edi. Shundan so‘ng «qizillar» Angliya Kubogining to‘rtinchi raundida «Brayton»ni yirik (3:0) hisobda mag‘lub etishdi. So‘ngra APL doirasida «Nottingem Forest» (1:0) va «Vest Hem» jamoalari ustidan zafar quchildi.
Mersisaydliklar navbatdagi uchrashuvni 3 mart kuni APLning 29-turi doirasida safarda «Vulverxempton»ga qarshi o‘tkazishadi. Ayni damda «Liverpul» 48 ochko jamg‘argan holda Premyer-liga turnir jadvalining beshinchi pog‘onasini band etib turibdi.