«Liverpul» Kamarani sotib olishi mumkin
"Monako" 22 yoshli futbolchini sotishni istamayapti.
ФОТО: Getty images
“Monako” yarim himoyachisi Lamin Kamara faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Abdel Hamed xabar berdi.
Manbada aytilishicha, mersisaydliklarning tayanch yarim himoyachiga ehtiyoji yaqqol sezilmoqda. "Nyukasl"ga qarshi durang qayd etilgan uchrashuvda jamoaning markazdagi muammolari yana bir bor ko‘rindi. Raqib bir necha bor maydon markazi orqali xavfli hujumlar tashkil qildi, Aleksis Mak Allister maydonga tushgandan keyin vaziyat biroz barqarorlashdi.
"Monako" 22 yoshli futbolchini sotishni istamayapti, ammo katta miqdordagi taklif klub pozitsiyasini o‘zgartirishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, fransuzlar Kamara uchun 60 million yevrodan ancha ko‘p mablag‘ talab qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist