locale OZ

«Liverpul» Jyul Kundeni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

«Barselona» himoyachisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Jyul Kundeni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
FOTO: Getty Images

«Barselona» klubi va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Daily Mail nashrining xabar berishicha, «Liverpul» ushbu futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, fransiyalik futbolchining transfer bahosi taxminan 80 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Kunde 2022 yilning yozidan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda — u kataloniyaliklar tarkibiga «Sevilya»dan o‘tgan edi.

Joriy mavsumda Jyul «ko‘k-anorranglilar» safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 27 yoshli himoyachining bozor qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting