locale OZ

«Liverpul» Jotani tugʻilgan kuni munosabati bilan xotirladi

Portugaliyalik futbolchi agar tirik boʻlganida 29 yoshni qarshilagan boʻlardi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Jotani tugʻilgan kuni munosabati bilan xotirladi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» bugun o‘z sobiq hujumchisi Diogu Jotani xotirladi. 4-dekabr kuni portugaliyalik futbolchi 29 yoshini nishonlagan bo‘lardi. Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 3 iyul sanasida Jota va uning ukasi Andre yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgandi.

«Bugun ham, har kuni bo‘lgani kabi, biz Diogu Jotani yodga olamiz. U bugun 29 yoshga to‘lgan bo‘lardi. Butun mehrimiz, o‘y-xayollarimiz va duolarimiz uning rafiqasi Rute, ota-onasi, yaqinlari, do‘stlari va ukasi Andre bilan. U abadiy qalbimizda qoladi, abadiy bizning 20-raqamimiz», — deyiladi klubning rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida.

Portugaliyalik hujumchi 2020 yildan boshlab «Liverpul» sharafini himoya qilgan. Jamoa tarkibida u Angliya chempioni bo‘lgan, shuningdek, Angliya Kubogi va Liga Kubogini qo‘lga kiritgan. Uning vafotidan so‘ng klub 20-raqamni muomaladan chiqargan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting