locale OZ

«Liverpul» Jeremi Jake uchun kurashga qoʻshildi

Shuningdek, yosh himoyachiga «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Jeremi Jake uchun kurashga qoʻshildi
FOTO: Getty Images

«Renn»ning iqtidorli markaziy himoyachisi Jeremi Jake Angliya Premyer-ligasining gigant klublari e’tibor markaziga tushdi. «Liverpul» 20 yoshli futbolchi uchun kurashga rasman qo‘shildi. Bu haqda taniqli insayder Ben Jeykobs o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yosh himoyachiga «Chelsi» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Avvalroq insayder Fabrisio Romano «aristokratlar» Jake bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabar bergan edi.

Biroq transfer narxi masalasi hali ochiq qolmoqda. «Renn» o‘z tarbiyalanuvchisi uchun rekord darajadagi mablag‘ — 65 million yevro talab qilmoqda.

Maʼlumot uchun, Jeremi Jake «qizil-qoralar» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsumda Fransiya chempionatida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning barchasini asosiy tarkibda boshladi.

«Transfermarkt» portali ayni damda futbolchining bozor qiymatini 20 million yevroga baholagan bo‘lsa-da, «Renn» uni arzonroqqa qo‘yib yubormoqchi emas.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting