«Liverpul» Jeremi Jake transferi boʻyicha ogʻzaki kelishuvga erishdi
«Liverpul» klubi «Renn» markaziy himoyachisi Jeremi Jakenining transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Mersisaydliklar 19 yoshli iqtidorli himoyachi uchun kafolatlangan 55 million funt sterling to‘lashga rozi bo‘lishdi. Shuningdek, shartnomada futbolchining ko‘rsatkichlariga qarab yana 5 million funt miqdoridagi bonuslar ham ko‘zda tutilgan. Jake transfer oynasining so‘nggi kunida «Liverpul»da tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.
Ta’kidlash joizki, ushbu futbolchi uchun kurashda «Chelsi» ham faol ishtirok etgan va «Liverpul» bilan bir xil moliyaviy shartlarni taklif qilgan edi. Biroq, «Chelsi» o‘z himoyachisi Mamadu Sarrni «Strasburg» ijarasidan qaytarishni rejalashtirayotgani sababli, Jake raqobatdan qochib, tanlovni mersisaydliklar foydasiga amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, Jeremi Jake joriy mavsumni ijara asosida «Strasburg»da o‘tkazib, barcha turnirlarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Transfermarkt portali ayni damda yosh himoyachining bozor qiymatini 20 million yevro deb baholamoqda.