«Liverpul» Isakning jarohati boʻyicha tekshiruv oʻtkazadi
«Liverpul» tibbiy shtabi hujumchi Aleksander Isakning jarohati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazib, aniq tashxis va sinish bor-yo‘qligini aniqlaydi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Isak Angliya Premyer-ligasining 17-turi doirasida «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda (2:1) chap oyog‘ining pastki qismidan jarohat olib, noma’lum muddatga safdan chiqdi. Futbolchi 60-daqiqada, o‘zi kiritgan goldan so‘ng darhol maydonni tark etdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Liverpul»da jarohatning og‘irlik darajasiga nisbatan optimizm kam. Isakning jarohati «qizillar»ni qishki transfer oynasida yangi hujumchi xarid qilishga undashi mumkin.
Aleksander Isak «Liverpul» safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.