\"Liverpul\" Isak transferi uchun 100 mln funt sarflamoqchi
U eng qimmat kelishuvi bo‘lishi mumkin.
Photo: Getty Images
“Liverpul” klubi “Nyukasl” hujumchisi Aleksandr Isakning transferini amalga oshirmoqchi, deya xabar beradi The Athletic.
Manbaga ko‘ra, klub shved hujumchisi transferi uchun 100 million funt va qo‘shimcha bonuslarni taklif qilishga tayyor.
Qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olsak, Isakning kelishuvi Florian Virtz transferidan ham qimmatroq tushishi mumkin.
Bu transfer osonlikcha amalga oshmasligi mumkin. “Nyukasl” o‘z yetakchisini sotishdan kamida 150 mln funt ishlab olishni rejalashtirgan.
“Liverpul” Darvin Nunyesni sotib yuborishni va undan tushgan mablag‘ evaziga Isakni qo‘lga kiritishga urinishni mo‘ljallamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist