locale OZ

«Liverpul» «Inter»ning Kertis Jons borasidagi taklifini rad etdi

Inglizlar xavbekni qimmatroq narxga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» «Inter»ning Kertis Jons borasidagi taklifini rad etdi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» yarim himoyachi Kertis Jonsni sotib olish boʻyicha Milaning «Inter» klubi tomonidan berilgan taklifga rad javobini berdi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmogʻida xabar bermoqda.

Manbaning xabariga koʻra, Italiya klubi futbolchi uchun 25 million yevro taklif qilgan va bu mersisaydliklarni mutlaqo qoniqtirmagan. Angliya jamoasi xavbekni ancha qimmatroq baholamoqda.

Kertis Jons «Liverpul» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 25 yoshli futbolchi mersisaydliklar asosiy jamoasida 2020-yildan buyon toʻp surib kelmoqda. Shu vaqtga qadar u «qizillar»ning asosiy tarkibida jami 228 ta oʻyinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jonsning ayni damdagi transfer qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting