locale OZ

«Liverpul» «Inter»ning Jonesni sotib olish bo‘yicha taklifini rad etdi — Romano

Jonesning hozirgi transfer narxi 35 million yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» «Inter»ning Jonesni sotib olish bo‘yicha taklifini rad etdi — Romano
ФОТО: Getty images

“Liverpul” Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Kertis Jonesni sotib olish bo‘yicha taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Italiya klubi futbolchi uchun 25 million yevro taklif qilgan, bu esa mersisaydliklarni mutlaqo qoniqtirmagan. Angliya jamoasi yarim himoyachini ancha qimmatroqqa baholamoqda.

Kertis Jones “Liverpul” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 25 yoshli futbolchi mersisaydliklarning asosiy jamoasida 2020 yildan buyon to‘p suradi.

Shu kungacha futbolchi “qizillar”ning asosiy jamoasi safida umumiy hisobda 228 ta o‘yinda 22 ta gol urib, 25 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Jonesning hozirgi transfer narxi 35 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting