locale OZ

«Liverpul» Inasiuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbolchining "Sporting" bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Liverpul" Inasiuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

Lissabonning "Sporting" klubi markaziy himoyachisi Gonsalu Inasiu "Liverpul"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli himoyachiga “Barselona” ham qiziqish bildirayotgani aytilgan. Klub himoyani aynan shu futbolchi bilan kuchaytirishni istamoqda.

"Liverpul" portugaliyalikni "Kristal Pelas" vakili Mark Gexiga muqobil sifatida belgilangani ma’lum. "Qizillar" yanvarda yangi markaziy himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Gonsalu Inasiuning Transfermarkt portalidagi narxi 45 million yevroni tashkil etadi. Futbolchining "Sporting" bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Lissabonliklar himoya yetakchisiga da’vogarlar orasida "Manchester Yunayted" ham bor edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting