«Liverpul» Ilya Zabarnyiga qiziqish bildirmoqda
Ukraina milliy jamoasi va "PSJ" himoyachisi Ilya Zabarny Angliyaning "Liverpul" klubi qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda Fransiyaning Foot01 nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, so'nggi haftalarda futbolchining vakillari Zabarny nomzodini mersisaydliklarga taklif qilgan va klub bilan dastlabki muzokaralar ham o'tkazilgan.
"Liverpul"ning himoyachiga bo'lgan qiziqishi jamoa bosh murabbiyi Andoni Iraola bilan bog'liq. Ispaniyalik mutaxassis Zabarny imkoniyatlarini yaxshi biladi, chunki ular avvalroq "Bornmut"da birga faoliyat olib borishgan.
Shu bilan birga, ushbu transferni amalga oshirish oson kechmasligi ta'kidlanmoqda. Chunki "PSJ" Zabarnyni o'tgan yozda "Bornmut"dan 57 million yevroga sotib olgan va jiddiy taklifsiz futbolchini qo'yib yuborish niyatida emas.
Ilya Zabarny 2025 yil yozida "PSJ" safiga qo'shilgan. U hozirga qadar parijliklar tarkibida 37 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol urgani qayd etilgan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 23 yoshli himoyachining bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda. Uning "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan.