locale OZ

“Liverpul” ikki futbolchisini Osimhenning transferiga aralashtirmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” ikki futbolchisini Osimhenning transferiga aralashtirmoqchi
FOTO: Getty Images

“Liverpul” “Napoli”ning 26 yoshli hujumchisi Viktor Osimhenning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, mersisaydliklar nigeriyalik futbolchini almashish uchun Federiko Kyeza va Darvin Nunesni ham shartnomaga qo'shishga tayyor. So'nggi kunlarda Nunes va Kyeza ishtirokida klublar o'rtasida dastlabki muzokaralar o'tkazildi.

Ta'kidlanishicha, “Liverpul” Osimhenning atrofidagilar bilan ham aloqada bo'lib turibdi. Biroq transferga forvardning maosh talablari to'siq bo'lishi mumkin.

Ammo “Liverpul” Nunes va Kyezaning sotuvidan yiliga 15 million funt sterling tejab qoladi, bu pulni esa Osimhenning maoshiga sarflashi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting