locale OZ

«Liverpul» hali ham Barkolaga da’vogar bo‘lib qolmoqda

Barkolaning “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» hali ham Barkolaga da’vogar bo‘lib qolmoqda
ФОТО: Getty images

Angliyaning “Liverpul” klubi hozircha “PSJ” vingeri Bradley Barkolaga aniq qiziqish bildirgan yagona jamoa bo‘lib turibdi. Bu haqda mashhur jurnalist va insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Barkolaga “Barselona” ham qiziqish bildirmoqda, degan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ayni paytda futbolchi uchun faqat “Liverpul” tomonidan jiddiy qiziqish mavjud.

24 yoshli fransuz hujumchisi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Barkolaning “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting