locale OZ

“Liverpul” Grinvud uchun asosiy da'vogar

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” Grinvud uchun asosiy da'vogar
Photo: Getty Images

“Marsel” hujumchisi Meyson Grinvud faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda TeamTalk xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “Liverpul” klubi Grinvudga qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar yozda 23 yoshli ingliz hujumchisi uchun 35 million yevro sarflashga tayyor.

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi APLga qaytishga tayyorligi ham xabar qilingandi.

Futbolchining “Marsel” bilan shartnomasi 2029 yilning yozida nihoyasiga yetadi. Joriy mavsumda u Fransiya chempionatida 30 o'yinda 18 ta gol urdi va 3 assistni qayd etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting