\"Liverpul\" Gordon uchun 100 mln yevro sarflashi mumkin
Photo: Getty Images
"Liverpul" "Nyukasl" vingeri Entoni Gordonni sotib olishga jiddiy qiziqib qoldi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “qizillar” 24 yoshli inglizni yozgi transferlar davrida asosiy maqsad sifatida ko‘rishmoqda.
Manbaga ko‘ra, "Liverpul" futbolchi uchun 100 mln yevro sarflashga tayyor. Klub rahbariyati Gordonni bu mavsum ketishi mumkin bo‘lgan Luis Diasga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
O‘tgan mavsum Entoni barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda qatnashib, 9 ta gol urgan va 7 ta assist amalga oshirgan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning narxi 65 million yevroni tashkil qiladi.