locale OZ

«Liverpul» Gertreyda transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

«Leypsig» 25 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Gertreyda transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» himoya chizig‘ini kuchaytirish yo‘lida muhim qadam tashladi. Mersisaydliklar ayni damda ijara asosida «Sanderlend» sharafini himoya qilayotgan «Leypsig» o‘ng qanot himoyachisi Lyutsxarel Gertreyda bilan to‘liq kelishuvga erishdi. Bu haqda Florian Plettenberg ma’lum qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, Germaniya klubi 25 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor. Hozirda «Liverpul» va «Sanderlend» klublari transferning qolgan jihatlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib bormoqda.

Gertreyda joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq hozircha samarali harakatlari bilan ajralib turgani yo‘q. Niderlandiyalik futbolchining «buqalar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar imzolangan. Transfermarkt portali himoyachining bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting