locale OZ

«Liverpul» «Gerta»ning 16 yoshli iqtidorini sotib olmoqchi

Hozirda mersisaydliklar ushbu transfer boʻyicha taklif tayyorlamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» «Gerta»ning 16 yoshli iqtidorini sotib olmoqchi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Liverpul» klubi Germaniyaning «Gerta» jamoasiga 16 yoshli tayanch yarim himoyachisi Kennet Aygxorn bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Florian Plettenberg o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishiga ko‘ra, «Liverpul» skautlari joriy mavsumda Aygxornning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib borishgan va uning harakatlaridan katta taassurot ostida qolishgan. Berlin klubi yosh iqtidor egasini jamoada olib qolish qiyin bo‘lishini tushunib turibdi va uni 12 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Ushbu mavsumda Kennet Aygxorn «Gerta» safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi. Transfermarkt portali berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, yosh futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting