«Liverpul» Gehiga alternativ sifatida ikki himoyachini koʻrib chiqmoqda
Mersisaydliklar qishki transferlar vaqtida himoya chizigʻini mustahkamlashni maqsad qilgan.
FOTO: Getty Images
«Liverpul» skautlari Mark Gehi transferi amalga oshmay qolgan taqdirda muqobil variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar e’tibor qaratayotgan futbolchilardan biri — «Bryugge» safida to‘p surayotgan 21 yoshli Xoel Ordonyes. Ikkinchi nomzod esa Ekvadorning «Independiente del Valle» klubi himoyachisi, atigi 16 yoshli Deyner Ordonyes.
Avvalroq insayder Fabritsio Romano Ordonyesning Angliya chempionatidagi boshqa klub — «Chelsi»ga o‘tishga yaqin turganini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, Mark Gehining «Kristal Palas» bilan amaldagi shartnomasi kelayotgan yozda yakunlanadi. Himoyachiga Madridning «Real» klubi tomonidan ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist