«Liverpul» Gehi borasida «Kristal Pelas»ga yangi taklif yuboradi
"Liverpul" "Kristal Pelas" sardori Mark Gehi uchun yangi taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, mersisaydliklar klubi yaqin vaqt ichida 25 yoshli markaziy himoyachini sotib olish uchun yangi so'rov yuborishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, angliyalik futbolchining "Liverpul" bilan shaxsiy shartnomasi shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan. Endi klublar o'zaro kelishib olishsa, transfer yakunlanishi mumkin.
Gehiing “burgutlar” bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning narxini 45 million yevroga baholagan.
O'tgan mavsumda u "Kristal Pelas" safida barcha turnirlarda 44 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.