locale OZ

«Liverpul» Gakponi «Manchester Siti»ga 99 mln yevroga sotishdan bosh tortdi

«Liverpul» Gakponi saqlab qolishga qaror qilgan.
«Liverpul» Gakponi «Manchester Siti»ga 99 mln yevroga sotishdan bosh tortdi
ФОТО: Getty images

«Liverpul» hujumchisi Kodi Gakponi «Manchester Siti»ga sotish bo‘yicha taklifni rad etdi. Manchester klubi niderlandiyalik futbolchi uchun 99 mln yevro atrofidagi paket taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Siti» Gakpo bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga yaqinlashgan bo‘lsa-da, transferning amalga oshishi «Liverpul»ning roziligiga bog‘liq edi. Mersisaydliklar esa futbolchini qo‘yib yuborishdan oldin uning o‘rniga munosib almashtiruvchi topishni talab qilgan.

«Liverpul» Gakponi saqlab qolishga qaror qilgan. Klub transfer oynasining so‘nggi soatlarida futbolchini sotish uchun yetarlicha vaqt qolmaganini hisobga olgan.
Gakpo 2023 yil yanvar oyida «PSV»dan «Liverpul»ga ko‘chib o‘tgan. U mersisaydliklar safida 182 ta uchrashuvda 51 ta gol va 24 ta assist qayd etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting