locale OZ

\"Liverpul\" Frimpong uchun 35 mln yevro to‘lagan

Angliya klubi himoyachi bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Liverpul" Frimpong uchun 35 mln yevro to‘lagan
Photo: Getty Images

“Liverpul” klubi “Bayer” himoyachisi Jeremi Frimpong transferiga qancha pul to‘lagani ma’lum bo‘ldi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, “qizillar” 24 yoshli niderlandiyalik qanot futbolchisi transferiga 35 mln yevro sarflagan. To‘lovlar uch bosqichda amalga oshiriladi.

Avvalroq mersisaydliklar himoyachi uchun 40 mln yevro to‘lagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘tgan mavsumda Frimpong barcha turnirlarda 48ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 12ta assistni amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting