locale OZ

“Liverpul” Florian Virts uchun yangi taklif yubordi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” Florian Virts uchun yangi taklif yubordi
FOTO: Getty Images

“Liverpul” hujumkor yarim himoyachi Florian Virts uchun “Bayer”ga 130 million yevrolik yangi taklif yubordi. Bu haqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, bu mersisaydliklar tomonidan 22 yoshli futbolchining transferi bo'yicha ikkinchi taklif bo'ldi. Ta'kidlanishicha, bu summaga belgilangan to'lovlar, shuningdek, mumkin bo'lgan bonuslar kiradi.

Ma'lumot uchun, Virts o'tgan mavsum barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 140 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting