locale OZ

“Liverpul” Florian Virts transferini yakunlamoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” Florian Virts transferini yakunlamoqda
FOTO: Getty Images

Angliyaning “Liverpul” klubi “Bayer” hujumkor yarim himoyachisi Florian Virtsni o'z safiga qo'shib olmoqchi yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, mersisaydliklar Virtsni shu hafta oxirida o'z futbolchisi sifatida e'lon qilishi mumkin. 22 yoshli futbolchi juma kuni tibbiy ko'rikdan o'tishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, ushbu transfer 136,3 million yevroga baholanmoqda. Bu esa “Liverpul” tarixidagi eng qimmat xarid bo'lishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Florian Virts o'tgan mavsum “Bayer” safida jami 45 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 140 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting