locale OZ

“Liverpul” Florian Virts transferi uchun “Bayer”ga o'z futbolchilaridan birini qo'shib bermoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” Florian Virts transferi uchun “Bayer”ga o'z futbolchilaridan birini qo'shib bermoqchi
FOTO: Getty Images

“Liverpul” “Bayer”ning hujumkor yarim himoyachisi Florian Virts transferi uchun ko'rsatilgan mag'lubni to'lashga rozi, shuningdek, shartnomaga o'z futbolchilaridan birini qo'shib berishga ham tayyor. Bu haqda jurnalist Florian Plottenberg xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, leverkuzenliklar mersisaydliklar bilan 22 yoshli futbolchining transferi bo'yicha tezlik bilan kelishuvga erishmoqchi. Biroq ko'p narsa ingliz jamoasining birinchi taklifiga bog'liq bo'ladi.

Avvalroq OAV'da “Liverpul” Virts transferi uchun 150 million yevro to'lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, Virts joriy mavsum barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 140 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting