«Liverpul» «Enfild»da magʻlub boʻlish boʻyicha yangi antirekord oʻrnatdi
«Qizillar» joriy mavsum jami 9 ta oʻyinda imkoniyatni boy berdi.
FOTO: Getty Images
Opta’ning xabariga ko‘ra, «Liverpul» joriy mavsumda uch bor uch to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga uchradi — bu klubning 1929/30-yilgi antirekordini takrorlashdir.
«Enfild»da «qizillar» Chempionlar ligasida «PSV»ga 1:4, APLda «Nottingem Forest»ga 0:3, Angliya Kubogida esa «Kristal Pelas»ga 0:3 hisobida yutqazdi.
Umuman olganda, «Liverpul» bu mavsum to‘qqiz marta mag‘lub bo‘lgan. Hozircha Arne Slot jamoasi Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.
Keyingi turda «Liverpul» ichki chempionatda «Vest Xem»ga qarshi maydonga tushadi. Ta’kidlash joiz, «qizillar» mamlakatning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist