locale OZ

«Liverpul» Endrik uchun 65 mln yevro taklif qilishga tayyor

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Endrik "Lion"da ijarada to‘p surdi.
«Liverpul» Endrik uchun 65 mln yevro taklif qilishga tayyor
ФОТО: Getty images

"Real" hujumchisi Endrik faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Agar klubning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola transferga rozilik bersa, "qizillar" hujumchi uchun 65 million yevro taklif qilishga tayyor.

Bunday miqdordagi taklif "Real"ni o‘z futbolchisini sotish masalasini ko‘rib chiqishga undashi mumkin.

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Endrik "Lion"da ijarada o‘ynadi. U Fransiya klubi safida barcha musobaqalar hisobida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting